Stegotsefallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Stegotsefallar , qopqoqboshlilar, sovutboshlilar (Stegocephalia) — suvda va qurukdikda yashovchi qazilma hayvonlar. S. qoldigʻi yuqori paleozoy va quyi mezozoy yotqiziqlaridan topilgan. Tanasining uz. 10 sm dan 4 m gacha. Kalla suyagining qopqogʻi yaxlit qoplam hosil qilgan.

Tanasi sirtida suyakli qalqonchalar boʻlgan. S. daryo, koʻl, oʻrmon va botqoqliklarda yashagan. Baʼzi S. hozirgi amfibiyalarta yaqin turadi. Sning koʻp qismi labirintodontlarga kiritilgan.