Kontent qismiga oʻtish

Statsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Statsiya (lotincha: statio — joy, holat) — muayyan turdagi hayvon yashashi uchun zarur sharoit (relyef, iqlim, oziq, panajoy) mavjud boʻlgan joy. Tur uchun xos boʻlgan S. tur areali ichida mozaik taqsimlangan. Xususiy maʼnoda "S." tushunchasi tur hayot kechirayotgan joyni bildiradi (oziqlanadigan S, uya quradigan S, tunash Si). Alohida S. boshqasidan relyefi, oʻsimliklari bilan farq qiladi. Tur, odatda, bir necha Sga ega boʻladi. Turli S. turning hayotida har xil ahamiyatga ega. Masalan, qishlash Si hayvonni qishki sovuqsan asraydi; tarqalish S.si turning koʻpayishi va katta maydonni egallashiga yordam beradi. S tushunchasi koʻproq quruklikda yashaydigan hayvonlarga nisbatan ishlatiladi va mazmunan yashash joyi tushunchasiga yaqin keladi.