Stanislav Kalesnik
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Stanislav Vikentyevich Kalesnik [1901.10(23).1 — Peterburg— 1977.13.9] — rus glyasiologi va tabiiy geografi. Rossiya Fanlar Akademiyasining akademik (1968). Sankt-Peterburg universitetini tugatgan (1929). Shu universitetda tabiiy geografiya kafedrasi mudiri (1950-yildan). Koʻlshunoslik instituti direktori (1955-yildan). Ilmiy ishlari umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik, glyasiologiya, shuningdek, Markaziy Tyanshan va Jungariya Olatovi geomorfologiyasi nazariy masalalariga bagʻishlangan. Tabiiy geografiyaga xionosfera, muz bosish energiyasi, geografik struktura kabi yangi tushuncha va terminlarni kiritgan. 1964-yildan Rossiya geografiya jamiyati raisi, 1968—72 yillarda Xalqaro geografiya ittifoqi vitseprezidenti. Krakov va Finlandiya (Turku) universitetlarining faxriy doktori. K. nomiga Orka Ili, Jungariya Olatovi va Qutbiy Ural togʻlaridagi muzliklar qoʻyilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Obshaya glyasiologiya, L., 1939;
- Osnovi obshego zemlevedeniya, 2-ye izd., M., 1955;
- Umumiy yer bilimi qisqa kursi, T., 1967;
- Obshiye geograficheskiye zakonomernosti Zemli, M., 1970.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |