Stanislav Ioudenitch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stanislav Ioudenitch
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 5-dekabr 1971-yil (1971-12-05) (52 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi Pianist
Leybl Harmonia Mundi
Janr Klassik musiqa

Stanislav Ioudenitch (1971-yilning 5-dekabrida tugʻilgan) – amerikalik pianinochi. Oʻzbekistonda tugʻilgan. 2001-yil Olga Kern bilan birgalikda Van Cliburn nomidagi oʻn birinchi xalqaro pianinochilar tanlovida Nancy Lee and Perry R. Bass oltin medalini qoʻlga kiritgani va eng yaxshi ijro uchun Steven De Groote Memorial mukofoti bilan taqdirlangan. Shuningdek, Busoni, Kapell va Mariya Kallas musobaqalarida, hamda 1998-yilda boʻlib oʻtgan Palm Beach Invitational va 2000-yildagi Nyu-Orleans International musobaqalarida bosh sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Aspen musiqa festivalidagi debyut chiqishi hamda Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyadagi yozgi festivallardagi chiqishlari, Van Cliburn tanlovida gʻolib chiqishiga yordam bergan.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonning Toshkent shahrida musiqachi oilasida tugʻilgan. Ioudenitch pianino chalishni yetti yoshida boshlagan. Toshkentdagi Uspenskiy nomidagi musiqa maktabida Natalya Vasinkina bilan, Madriddagi Reina Sofia musiqa maktabida Dmitriy Bashkirov va Galina Eguizarova bilan, Caddenbabiadagi Xalqaro fortepiano tayyorlov kursida (hozirgi Lake Como xalqaro fortepiano akademiyasi) Karl Ulrix Schnabel, William Grant Naboré, Murray Perahia, Leon Fleisher, Fou Ts’ong va Rosalyn Tureck bilan tahsil olgan.[1][2]

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rafiqasi Tatiana (pianinochi). Ularning Maria Ioudenitch ismli qizi bor. U skripkachi.[3]

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ioudenitch butun Yevropa, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Osiyoda konsertlarda chiqishlar qilgan va James Conlon, Valery Gergiev, Mikhail Pletnev, Asher Fish, Vladimir Spivakov, Gunther Herbig, Pavel Kogan, James DePreist, Michael Stern kabi koʻplab xalqaro dirijyorlar bilan hamkorlik qilgan. Vashingtondagi Milliy simfoniya, Myunxen filarmoniyasi, Mariinskiy orkestri, Rochester filarmoniyasi, Rossiya milliy filarmoniyasi, Fort-Uort simfoniyasi kabi orkestr jamoalari bilan ham birga ishlagan.

Shuningdek, Takács, Prazák and Borromeo torli cholgʻu asbobidan tashkil topgan guruh bilan chiqish qilgan hamda Missuri shtatining Kansas shahridagi Park universiteti Park Piano Trio jamoasining tashkiliy guruh aʼzosi hisoblanadi. Ioudenitch Lake Como Xalqaro pianino akademiyasida mahorat darslari berish uchun taklif qilingan eng yosh pianinochi hisoblanib, uyerda vitse-prezident lavozimida ishlagan.[4] Hozirda Park universitetining musiqa/fortepiano kafedrasi dotsenti va Oberlin musiqa konservatoriyasining dotsenti.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Busoni xalqaro pianino tanlovida uchinchi oʻrin (1991)
  • Van Cliburn nomidagi oʻn birinchi xalqaro pianino tanlovi (2001)

° Nancy Lee va Perry R. Bass oltin medali.

° Steven De Groote Memorial mukofoti eng yaxshi ijro uchun.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Eleventh Van Cliburn International Piano Competition Program Book (2001), 2020-04-06. 
  2. „Tenth Van Cliburn International Piano Competition Program Book (1997)“. Issuu. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
  3. „Maria Ioudenitch: about“. mariaioudenitch.com. Qaraldi: 2022-yil sentyabr.
  4. „Administration: International Piano Academy Lake Como“. www.comopianoacademy.org. Qaraldi: 2017-yil 16-sentyabr.