Standartlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Standartlash — standartlar belgilash hamda ularni fan va texnika, xalq xoʻjaligi tarmoqlarida qoʻllash jarayoni. S. fan, texnika va amaliy tajribalarning umumlashtirilgan yutuqlariga tayanadi. S.ning vazifasi: kattaliklar birliklarini, termishtar va belgilarni qabul qilish; mahsulotlar va ishlab chiqarish. jarayonlariga texnik talablar qoʻyish; xavfsizlikni taʼminlaydigan va moddiy boyliklarni asraydigan shartlarni belgilash. S. xalq xoʻjaligini boshqarishda muhim rol oʻynaydi. S. tizimi xoʻjalik tarmoqlarini, korxonalardagi i. ch. jarayonlarini, meʼyoriytexnik hujjatlarning joriy etilishi va ularga amal qilinishini, savdo korxonalaridagi oʻlchov vositalarini nazorat qilish va boshqa ishlarni ham oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasida S. masalalari bilan "Uzstandart" agentligi shugʻullanadi (yana q. Standart).