Stalagmitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Stalagmitlar (yun. stalagma — tomchi) — gʻorlar va boshqa yer osti karst boʻshliqlari tubidagi ustunsimon, konussimon va boshqa shaklli oqiqtomchi (asosan, ohaktoshli) hosilalar. Minerallashgan (asosan, kalsiy karbonat) tomchilarning choʻkmaga tomib, undan toʻyingan karbonat gazining chiqib ketishidan hosil boʻladi. S. Oʻlchamlari karst boʻshligʻi hajmiga bogʻliq ravishda turlicha boʻladi (diametri 5 m, balandligi bir necha sm dan 30 m gacha yetadi) va u doimiy ravishda oʻsib boradi. Oʻrta Osiyodagi yirik gʻorlarda (Qarluq, Amir Temur, Chilustun, Hazrat Dovud va boshqalar) keng tarqalgan (yana qarang Gʻorlar).