Ssuda kapitali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ssuda kapitali — vaqtincha foydalanib qaytarish, maʼlum foiz haq toʻlash sharti bilan qarzga beriladigan pul kapitali. Sk.ning iqtisodiy maʼnodagi oʻziga xos xususiyati shundaki, u foiz koʻrinishida foyda keltiradi. Ssuda kapitali egasi tomonidan ishlab chiqarish.ga qoʻyilmaydi, balki foiz koʻrinishida foyda olish uchun vaqtincha boshqa ishbilarmonga beriladi. Ssuda kapitali "oʻzoʻzidan koʻpayish" qobiliyatiga ega. Uning tovar resurslari qiymatini ifodalovchi puldan farqi ham shunda.

Kreditga beriladigan Sk.ning muddati boʻyicha farqlanadigan bir qancha turlari mavjud. Mac, pul kapitallari bozorida, asosan, firmalar, banklar va boshqalarning aylanma mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojlariga xizmat koʻrsatiladi; bu bozorda puldan tashqari qisqa muddatli Ssuda kapitalining manbai sifatida veksellar, depozit sertifikatlari, bank akseptlari singari qisqa muddatli kimmatli qogʻozlar muomalada boʻladi, yaʼni sotib olinadi va sotiladi; uzoq muddatli Ssuda kapitali bozorida (qarzga olinadigan mablagʻlar bozori, kapitallar bozori) uzoq muddatli qarz kapitalini jalb etish boʻyicha operatsiyalar oʻtkaziladi, mas, uzoq muddatli obligatsiyalarni sotishdan tushgan mablagʻlar koʻchmas mulk (ipoteka) bozori orqali Ssuda kapitali bozorida qatnashadi.

Ssuda kapitaliga boʻlgan talab (shuningdek, taklif) mamlakat xoʻjaligi holati va kelajagini koʻrsatuvchi indikator boʻlib xizmat qiladi. Uzoq muddatli kapitalga boʻlgan talabning oʻsishi mamlakatning iktisodiy rivojlanish davriga kirganligidan darak beradi. Kiska muddatli ssudalar beqaror iqtisodiyot davrida, ayniqsa, koʻp foyda (ularga boʻlgan talab keskin oshadi) keltiradi. Shu bilan birga uzok, muddatli va kiska muddatli. Ssuda kapitali orasidagi zarur balansni saklash uchun (umuman mamlakatdagi xoʻjalik munosabatlarini barqarorlashtirish ana shunday balansga bogʻliq boʻladi) davlat bu ishni oʻz vaqtida va maqsadli yoʻnaltirgan hodda boshqarib turadi.

Ssuda kapitali bozori turli kredit muassasalari hamda fond bozorlari orkali faoliyat koʻrsatadi.

Ahmadjon Oʻlmasov.