Ssintillyasiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ssintillyasiya (lot. scintillatio miltillash) — ionlovchi nurlanishlar (mas, tez elektronlar) taʼsirida ssintillyatorlarda hosil boʻladigan qisqa muddatli (10~4 — 10~9s) yorugʻlik chaqnashi (lyuminessensiya chaqnashi). S.ni dastlab ingliz olimi U. Krus ZnS ekranni azarralar bilan nurlantirihda kuzatgan (1903). Ssintillyatorning atom va molekulalari zaryadlangan zarralar energiyasi hisobiga uygʻongan holatga oʻtadi; atom va molekulalar uygʻongan holatdan asosiy holatga oʻtishida yorugʻlik chaqnashi — S. kuzatiladi. S.ning nurlanish spektri va yorugʻsizlanish davomiyligi lyuminessenlovchi modda (ssintillyator) tabiatiga, ravshanligi esa ionlovchi nurlanishning tabiatiga, zarralarning xiliga va bu zarralarning ssintillyatorning atom va molekulalariga uzatayotgan energiyasiga bogʻliq (mas, azarra va protonlarning S.si Rzarraning S.siga qaraganda ravshanroq). Har bir S. bitta zarra taʼsirining natijasidir; bu hodisadan ssintillyasion hisoblagichlarda elementar zarralarni qayd qilishda foydalaniladi. S. dastlab 1932 yilda litiyni tezlatilgan protonlar bilan bombardimon qilinganda uning yadrolarini parchalanishida kuzatilgan.