Sport tasnifi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sport tasnifi — sport unvonlari va sport razryadlarini berish tizimi. Milliy va xalqaro St. mavjud. Unvon va sport razryadlari sportchilarga sport mahorati va rasmiy musobaqalarda koʻrsatgan natijalari asosida beriladi. Respublikada sport mahorati darajasini baholashning yagona tizimini taʼminlash uchun Yagona sport tasnifi (YAST) joriy etilgan. Yagona Sport tasnifi boʻyicha I, II, III kattalar va yoshlar razryadlari, xalqaro miqyosdagi sport ustasi va Oʻzbekiston Respublikasi sport ustasi unvonlari beriladi. Sport ustozlari, yoʻriqchiuslubchilar, rahbar xodimlarning ish natijalari Oʻzbekiston Respublikasi davlat jismoniy tarbiya va sport koʻmitasining "Jismoniy tarbiya va sport xodimlari mehnatiga haq toʻlash normativlarini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq baholanadi.