Sport psixologiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sport psixologiyasi - psixologiya sohasi; sport musobaqalari va mashkdar vaqtida inson psixikasining holati, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Sport psixologiyasi 20-asrning 60—70y.laridan rivojlana boshladi. Sport psixologiyasining asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotiga taʼsir oʻtkazuvchi muhim shartsharoitlarni yaratib berishdir. Bundan tashqari, Sport psixologiyasi sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, yutuqqa erishishlariga psixologik yordam koʻrsatish bilan ham shugʻullanadi. Murabbiy bilan shogird munosabatlari, oʻzaro taʼsir, guruhiy moslik, oʻzaro yordam, jamoaviy iliq ruhiy muhit, oʻzini oʻzi boshqarish muammolari ham tadqiq etiladi. Sportchilarni muvaffaqiyatsizlik tufayli yuzaga kelgan stress, depressiya holatlaridan olib chiqishning yoʻlyoʻriqlari, hissiy zoʻriqishlar, ishonchsizlikning oldini olish vositalarini yaratish uning tadqiqot predmetiga kiradi.

Ergash Gʻoziyev.