Sporangiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sporangiy (spora(lar) va yun. angeion — idish) — bir hujayrali (zamburugʻlar va koʻpchilik tuban usimliklarda) yoki koʻp hujayrali (yuksak oʻsimliklarda) organ. S.da sporalilar yetiladi. S. nomi zamburugʻlar va tuban oʻsimliklarda ularda rivojlanayotgan sporalarning tuzilishi (zoosporangiy) yoki soniga (mono, tetrasporangiy), tashqi koʻrinishi (sistokarpiy), sporalarning hosil boʻlish usuliga (mitosporangiy, meyosporangiy) bogʻliq. Yuksak oʻsimliklar faqat meyosporangiy hosil qiladi. Yoʻsinlar S.si sporongiya kusakchasidan iborat. Qirqquloqlar va qirqboʻgʻimlarda S. sporofillarda yoki ular qoʻltigʻida bittadan yoki toʻp boʻlib (soruslar) joylashadi. Bir xil sporali qirqquloklarda S. bir xil tipda, har xil sporalilarda S. ikki xil (mikro va megasporangiylar), mikro va megasporalar hrsil qiladi; ulardan erkak va urgʻochi oʻsimta rivojlanadi.