Spiritualizm
Jump to navigation
Jump to search
Spiritualizm (lot. spiritualis ruhiy) —ruh voqelikning birlamchi asosi, materiyadan mustaqil mavjud boʻlgan alohida nomoddiy substansiya deb hisoblovchi falsafiy qarash. falsafiy termin sifatida fransuz olimi V. Kuzen (1792—1867) ishlatgan. Xudoning mavjudligiga va jonning abadiyligiga ishonuvchi barcha diniy eʼtiqodlar oʻzining moqiyatiga koʻra S. ga kiradi. 19—20-asr larda fransuz va italyan falsafasidagi bir necha maktab va oqim S. deb atalgan. Idealizmning sinonimi sifatida ham ishlatiladi.
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |