Kontent qismiga oʻtish

Spider-Man: Far From Home

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Spider-Man: Far From Home

Film posteri
Rejissyor(lar) Jon Watts
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Bastakor(lar) Michael Giacchino
Kinematografiya Matthew J. Lloyd
Muharrir(lar)
Studiya(lar)
Distribyutor Sony Pictures Releasing
Chiqarilgan sanasi
  • 26-iyun, 2019-yil(2019-06-26) (Gollivud)
  • 2-iyul, 2019-yil(2019-07-02) (AQSh)
Davomiyligi 129 daqiqa[2]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $160 million[3]
Daromadi $1,133 milliard[3][4]
Avvalgi film „Spider-Man: Homecoming“ (2017)
Keyingi film „Spider-Man: No Way Home“ (2021)

Spider-Man: Far From Home“ (ayrim oʻzbekcha manbalarda „Oʻrgimchak odam: Uydan uzoqda“ oʻlaroq maʼlum[5]) — 2019-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi. „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi yigirma uchinchi kinokartina. „Spider-Man: Homecoming“ (2017) filmining davomi. Marvel Comics komikslaridagi Oʻrgimchak odam personajiga asoslangan. Columbia Pictures va Marvel Studios kinostudiyalari tomonidan ishlangan, Sony Pictures Releasing tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Jon Watts rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Tom Holland, Samuel L. Jackson, Zendaya, Cobie Smulders, Jon Favreau, J. B. Smoove, Jacob Batalon, Martin Starr, Tony Revolori, Marisa Tomei va Jake Gyllenhaal ijro etgan.

Film premyerasi 2019-yilning 26-iyunida Gollivudda boʻlib oʻtgan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $1,1 milliard mablagʻ toʻplab, oʻsha vaqtda tarixdagi yigirma toʻrtinchi eng kassabop filmga, 2019-yilning esa toʻrtinchi eng kassabop filmiga aylangan. Filmning davomi — „Spider-Man: No Way Home“ 2021-yilning dekabrida chiqarilgan.

NomiDavomiyligi
1.„Far From Home Suite Home“8:27
2.„It's Perfect“0:30
3.„World's Worst Water Feature“7:30
4.„Multiple Realities“3:32
5.„Brad to the Drone“3:32
6.„Change of Plans“2:28
7.„Night Monkey Knows How to Do It“0:19
8.„Mr. One Hundred and One“3:20
9.„Prague Rocked“3:43
10.„Who's Behind Those Foster Grants“2:57
11.„Power to the People“3:33
12.„Personal Hijinks“3:53
13.„Praguenosis: BAD“1:08
14.„A Lot of 'Splaining to Do“2:14
15.„The Magical Mysterio Tour“3:21
16.„Taking the Gullible Express / Spidey Sensitive“5:07
17.„Gloom and Doom“4:16
18.„High and Flighty“2:20
19.„An Internal Battle“1:50
20.„Happy Landings“2:58
21.„Tower of Cower“5:12
22.„Bridging the Trap“1:58
23.„Bridge and Love's Burning“2:50
24.„Swinging Set“1:47
25.„And Now This...“0:58
Jami davomiyligi:79:43
  1. Strauss, Bob „How 'Don't Look Up' and 'Spider-Man' mix tone and action through editing“ (inglizcha). Los Angeles Times (2022-yil 25-yanvar).
  2. Spider-Man: Far From Home (inglizcha). British Board of Film Classification. 2019-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
  3. 3,0 3,1 „Spider-Man: Far From Home (2019)“ (inglizcha). Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 3-iyul 2019-yil.
  4. „Spider-Man: Far From Home (2019)“ (inglizcha). The Numbers. Qaraldi: 3-iyul 2019-yil.
  5. „Yangi “O‘rgimchak odam” Xitoyda bir kunda 71 million dollar kassa yig‘di“. Daryo.uz (2019-yil 30-iyun). Qaraldi: 2024-yil 19-avgust.