Speys shattl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"SPEYS SHATTL" (ing . Space Shuttle — kosmik moki) — AQShning koʻp marta foydalaniladigan transport kosmik kemasi. Massasi ~ 2000 t gacha, uz. 56 m. 1bosqichi qattiq yoqilgʻili raketa dvigateli boʻlgan 2 ta tezlatkichdan iborat. 2bosqichi (orbital) bortida astronavti boʻlgan qanotli; u orbitadan chiqqandan soʻng "samolyot" rejimida yerga tusha oladi. 1marta 1981 y. aprelda astronavtlar bilan uchirilgan. 1999 yilgacha 5 ta orbital bosqich — "Kolumbiya", "Chellenjer" (1986.28.1.da halokatga uchragan), "Diskaveri", "Atlantis", "Endever" qurilgan.