Kontent qismiga oʻtish

Spencer Foo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Spencer Foo
Tugʻilgan joyi 19-may 1994-yil (1994-05-19) (30 yosh)
Edmonton, Alberta, Kanada
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni oʻng qanot
NHL
Sobiq jamoalar
Vegas Golden Knights
Calgary Flames
Kunlun Red Star
AHL
Henderson Silver Knights
Milliy jamoa  Xitoy
Jamoalardagi faoliyat 2017—hozirgacha

Spencer Foo (talaffuzi: Spenser Fu) (1994-yil 19-mayda tugʻilgan), (Fu Jiang nomi bilan ham tanilgan) (xitoycha: 福将)— xitoylik-kanadalik professional xokkeychi. Spencer Foo hozirda Amerika Xokkey Ligasida (AHL) „Henderson Silver Knights“ xokkey jamoasida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spencer Foo Kanadaning Edmonton shahrida tugʻilgan. Foo oʻzining kichik xokkey karyerasini Alberta Junior Xokkey Ligasida (AJHL) boshlagan. Bu yerda Spencer Foo asosiy hujumchi sifaida oʻynagan. Spencer Foo 2012-yildan 2014-yilgacha „Bonnyville Pontiacs“ xokkey klubi bilan ikki mavsum davomida maydonga tushgan. Jamoadagi ikkinchi mavsumida Foo 60 oʻyinda 40 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan[1].

AJHLda davom etish uchun juda keksa va NHLga unchalik qiziqish bildirmagan Foo 2014—2015-yilgi mavsumda ECAC xokkey konferensiyasi vakili „Union Dutchmen“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Foo „Union Dutchmen“ xokkey klubi bilan oʻtkazgan dastlabki ikki mavsumida har yili 25 ochko toʻpladi. Shundan soʻng, Spencer Foo „Calgary Flames“ xokkey klubining 2015—2016-yilgi jamoasida ajoyib taassurot qoldirdi. Shuning uchun klub Spencer Fooni 2016-yilgi kuzgi rivojlanish lageriga taklif qildi[2]. Ammo yakunda Spencer Fooga shartnoma taklif qilishmadi.

Spencer Foo 2016—2017-yilgi mavsumda „Union Dutchmen“ klubi safida 38 o‘yinda 62 ochko to‘plagan, 36 ta golli uzatmani amalga oshirgan holda, gollar va ochkolar boʻyicha reytingda yetakchilik qildi[3]. 2017-yil 1-iyulda Spencer Foo „Calgary Flames“ xokkey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[4][5].

Spencer Foo „Calgary Flames“ xokkey klubi tomonidan 2017-yil 26-sentyabrda Amerika Xokkey Ligasi vakili „Stockton Heat“ xokkey jamoasiga o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini chog‘idagi qisqartirishlar doirasida joʻnatilgan edi[6]. Foo „Stockon Heat“ xokkey klubi safida (2018-yil 28-yanvarda yakunlangan hafta uchun) AHLda haftaning eng yaxshi oʻyinchisi boʻldi[7]. Spencer Foo oʻzining birinchi NHL oʻyinini „Calgary Flames“ xokkey jamosi bilan 2018-yil 31-martda „Edmonton Oilers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[8][9]. Spencer Foo NHL faoliyatidagi birinchi golini 2018-yil 5-aprelda „Winnipeg Jets“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (2-1 hisobida mag‘lubiyat) qayd etdi[10].

2019-yil 26-iyunda xitoylik-kanadalik xokkeychi KHLning „Kunlun Red Star“ xokkey jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagani malum boʻldi[11].

2022-yil 14-iyulda Spencer Foo KHLdagi uch mavsumdan so‘ng Shimoliy Amerikaga qaytib, 2022—2023-yilgi mavsum uchun „Vegas Golden Knights“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[12].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin GoL Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010—2011 CAC Canadians AAA AMHL 34 6 21 27 30
2011—2012 CAC Canadians AAA AMHL 34 10 15 25 34
2012—2013 Bonnyville Pontiacs AJHL 55 13 17 30 59 9 1 1 2 2
2013—2014 Bonnyville Pontiacs AJHL 60 40 27 67 67 3 4 1 5 2
2014—2015 Union College ECAC 39 11 14 25 24
2015—2016 Union College ECAC 36 12 13 25 14
2016—2017 Union College ECAC 38 26 36 62 24
2017—2018 Stockton Heat AHL 62 20 19 39 41
2017—2018 Calgary Flames NHL 4 2 0 2 0
2018—2019 Stockton Heat AHL 67 17 21 38 36
2019—2020 Kunlun Red Star KHL 58 8 17 25 18
2020—2021 Kunlun Red Star KHL 48 9 9 18 36
2021—2022 Kunlun Red Star KHL 48 14 19 33 18
NHL (jami) 4 2 0 2 0
KHL (jami) 154 31 45 76 72
Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2022 Xitoy OG 12 4 0 0 0 4
2022 Xitoy WC D2A 27 4 3 7 10 0
Jami 8 3 7 10 4
  1. „2013-14 Bonnyville Pontiacs roster and statistics“. HockeyDB.com.
  2. „Flames development camp roster and schedule“ (en-US). NHL.com. Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
  3. „Edmonton Oilers: Spencer Foo to Make NHL Decision Soon“ (en-US). Oil On Whyte (2017-yil 20-iyun). Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
  4. „SPENCER FOO COMMITS TO FLAMES“ (en-US). NHL.com. Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
  5. „Spencer Foo - CapFriendly - NHL Salary Caps“ (en). CapFriendly. Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
  6. „Flames' Spencer Foo: Cut from training camp“ (en). CBSSports.com. Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
  7. „StocktonHeat.com | Spencer Foo Named CCM/AHL Player of the Week“ (en-US). stocktonheat.com. 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-fevral.
  8. Gustafson. „5 THINGS - FLAMES VS. OILERS“. NHL.com (2018-yil 31-mart). Qaraldi: 2018-yil 1-aprel.
  9. Johnson. „FOO'S NHL DEBUT A FAMILY AFFAIR“. NHL.com (2018-yil 30-mart). Qaraldi: 2018-yil 1-aprel.
  10. Johnson. „FLAMES FALL IN THE 'PEG“. NHL.com (2018-yil 5-aprel). Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
  11. „Kunlun Red Star sign Spencer Foo to two-year contract“. HC Kunlun Red Star (2019-yil 26-iyun). Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
  12. „Vegas Golden Knights announce roster transactions“. Vegas Golden Knights (2022-yil 14-iyul). Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.