Soyabon tutgan ayol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Soyabon tutgan ayol - Monet xonim va uning o'g'li
(fransuzcha: La Femme à l'ombrelle — Madame Monet et son fils)
Claude Monet, 1876-yilda
Moyboʻyoq
100 × 81 sm
Milliy san'at galereyasi, Washington, DC


Soyabon tutgan ayol—Monet xonim va uning oʻgliClaude Monet (Klod Mone) tomonidan 1875-yilda yaratilgan kartina hisoblanib, Sayr (fransuzcha: La Promenade) nomi bilan ham mashhur. Ushbu impressionizmning namunasida Claude Monetning xotini Camille Monet (Kamilla Mone) hamda ularning oʻgʻli Jean Monet (Jan Mone) Argenteuilda 1871-yildan 1877-yilgacha yashagan davrida, yozning shamolli kunidagi sayrda chizilgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monetning yengil va jozibali qalam tebratishi ranglar uygʻunligini keltirib chiqargan. Monet xonimning oq kiyimi shamolda hilpirab turgani tasvirlangan. Yerdagi oʻt-oʻlanlar esa soyabon ostida yam-yashil aks bergan. Ayol bulutli moviy osmon ostida tasvirlangan. Bolakay esa Monetning yetti yashar farzandi Jean boʻlib, kartinada uzoqroqda tasvirlangan va bola tanasining yarmi oʻtlar orasida koʻrinmasligi rasmdagi chuqur maʼnoni yaratgan.

Bu kartina rasmiy buyurtma emas, balki har kungi oilaviy boʻladigan holat hisoblanadi. Kartina tashqarida, ochiq osmon ostida taxminan bir soat atrofida chizilgan. Uning hajmi 100×81 santimetr (39×32 inch) boʻlib, Monetning 1970-yillarda chizilgan eng katta hajmdagi kartinasi hisoblanadi va oʻng burchak pastki qismiga „Claude Monet 75“ deb imzolangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kartina Monetning 1876-yil aprelda Paul Durant-Ruel galereyasida Ikkinchi Impressionist koʻrgazmasida namoyish etilgan 18ta kartinalaridan biri sanaladi. 10 yil oʻtib, Monet yana ushbu uslubga murojaat qiladi va ikkinchi xotining qizi Suzanne Monet (Syuzan Mone) ishtirokidagi suratni 1886-yilda Giverny yaylovida chizadi. John Singer Sargent 1876-yilda kartina namoyishiga tashrif buyuradi va ushbu kartinadan ilhomlanib, 1889-yilda oʻzining Fladburydagi soyabon tutgan ikki qiz kartinasini yaratadi.

Taʼriflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soyabon tutgan ayol kartinasi Monetning eng mashhur va impressionizmni ochib bergan sanaladi[2][3]. Mary Mathews Gedo oʻzining Monet va uning ilhom parisi: Camille Monet rassomning hayotida (Monet and his Muse: Camille Monet in Artistʼs Life) asarida „yuqori sifatli“ va „kuchli taʼsir qiluvchi“ deya kartinaga izoh beradi[4]. artchive.com sayti esa uni „bir lahzalik tasvirni yetkazib berishdagi gʻalaba“ deya „shoh asar“ deb ataydi. Mary Tompkins Lewis oʻzining Crotocal Readings in Impressionism and Post-Impressionism: An Anthology asarida kartinaga oʻn yillikdagi „Monetning eng yaxshi va yirik sanʼat asari“ deya taʼrif beradi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Woman with a Parasol – Madame Monet and Her Son“ (1875). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
  2. „ARTWORKS BY CLAUDE MONET“. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
  3. „Monet Woman with a Parasol – Madame Monet and Her Son“. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
  4. Gedo, Mary Mathews. Monet and His Muse: Camille Monet in the Artist's Life. University of Chicago Press, 30-sentabr 2010-yil. ISBN 9780226284804. 
  5. Nord, Philip. Critical Readings in Impressionism and Post-Impressionism: An Anthology. Univ of California Press, 15-mart 2007-yil. ISBN 9780520250222.