Sovplastital

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"SOVPLASTITAL" — Oʻzbekiston — Italiya qoʻshma korxonasi. Toshkent shahrida joylashgan. Plastmassa, rangli shisha, chinni, sogyul, yogʻoch va boshqalardan xalq isteʼmoli tovarlari va yuksak badiiy sovgʻa buyumlari — uy, ofis, meqmonxona, umumiy ovqatlanish korxonalari, dala hovlilarga moʻljallangan plastmassa mebellar va turli jihozlar, chinni, billur, rangli shishadan ishlangan roʻzgʻor buyumlari, santexnika jihozlari, rangli gullar va guldastalar — jami 800 dan ortiq nomdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Korxona tarixi 1969 yilda Toshkent shahrida sobiq SSSR Kime sanoatiga qarashli plastmassalarning atmosfera taʼsiriga chidamliligini oʻrganish lab. tashkil etilishidan boshlanadi. 1970 yilda laboratoriya i.t. va loyihatexnologiya boʻlimiga aylantirildi. 1974 yilda Oʻzbekiston maishiy kimyo va plastmassa buyumlari ishlab chiqaradigan "Oʻzmaishiykimyoplast" birlashmasi (1982 yildan "Oʻzmaishiyplastika" ilmiyi. ch. birlashmasi) tashkil topdi.

1987 yilda birlashma va Italiyaning "AlmaRoze" firmasi bilan hamkorlikda OʻzbekistanItaliya "S." qoʻshma korxonasi tuzildi. 1998 yildan masʼuliyati cheklangan jamiyat (LTD) shaklidagi qoʻshma korxona. Uning tarkibida "MVM", "S. va Tabor", "S. va Sonya", "Italfud", "Toshinvestplast" shoʻʼba korxonalari bor. Qisqa davr mobaynida korxona Markaziy Osiyoda plastmassadan xalq isteʼmoli tovarlari va yuksak badiiy saviyadagi buyumlar i.ch. boʻyicha yetakchi korxonaga aylandi. Korxonaga xom ashyo va turli rangli konsentratlar Rossiya, Ukraina, Italiya, Qozogʻiston, Jan. Koreya, shuningdek, Shoʻrtan gazkimyo majmuidan olinadi.

Korxonada eng zamonaviy texnologiyalar, yuqori texnologik uskunalar, dizayn joriy etilgan, 4,4 mlrd. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, shu jumladan, eksport hajmi 352 ming AQSH dollaridan ortiq boʻldi (2002). Korxona koʻpincha xalqaro koʻrgazmalarda oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etgan va medallar, diplomlar, sovrinlar bilan mukofotlangan.

Korxona mahsulotlari Buyuk Britaniya, Kanada, Shveysariya, Rossiya, AQSH, Germaniya, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. Rossiya (Moskva, Nijniy Novgorod), Shveysariyada savdo uylari, Toshkent va Samarqand sh.larida firma magazinlari bor.

Aleksandr Melkumov.