Sovgʻa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"SOVGʻA" — ertapishar yozgi nok navi. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. institutida Vilyame va Lesnaya krasavitsa navlarini chatishtirib chiqarilgan (A. K. Pavlov, V. V. Kuznetsov). Daraxti oʻrtacha kattalikda, shoxshabbasi keng piramida shaklida. Mevasi oʻrtacha kattalikda, vazni 150— 170 g ., och sariq, qizil taramlari bor. Poʻsti yupqa, nafis, silliq, tovlanuvchan. Eti oq, mayin, moysimon, sersuv, nordonshirin, mazasi yoqimli.

Tarkibida 13,9% qand, 0,15% kislota mavjud. Koʻchati ekilgandan soʻng 4—5yili hosilga kiradi. Apr. oʻrtalarida gullaydi. Avg .ning oʻrtalarida pishadi. Har yili hosil beradi. Oʻrtacha hosildorligi 134,4 s/ga (eng yuqorisi 227,1 s/ga). Sovuqqa, kasalliklarga chidamli. 1959 yildan Oʻzbekistonnin1: barcha viloyatlarida r-nlashtirilgan.