Sororat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sororat (lot. Soror — singil) — nikoh odatlaridan biri. Erkakning bir necha opasingillarga uylanishi. Baʼzi olimlar S. ibtidoiy jamoa davrida urf boʻlgan guruxli nikohning qoldigʻi deyishadi. S. Osiyo, Amerika, Afrika va Okeaniyaning koʻpgina xalqlarida ham mavjud boʻlgan. S. baʼzi davlatlarda xotini vafot etgan erkakning oʻz qayin singlisiga uylanishi tarzida saqlangan. Koʻpincha bu odatni yetim bolalar tarbiyasi uchun gʻamxoʻrlik bilan bogʻlaydilar. S.ni dastlab L. Morgan qayd etgan va J. Frezer esafanga kiritgan. Oʻzbeklarda nikohning bu turi saqlangan boʻlib, tub ildizi mulk bilan bogʻliq edi. Chunki taomilga koʻra, ayol vafot etgandan keyin erkak qayta uylanishi uchun yana kalin toʻlashi lozim boʻlgan. Marhumaning singlisiga uylanganda esa, deyarli qalin toʻlamagan va fakat toʻy harajatlari berilgan, xolos. Shuningdek, marhumaning farzandlari yetimlik azobuqubatini tortmasligiga ham eʼtibor berilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Kislyakov N. A., Ocherki po istorii semi i braka u narodov Sredney Azii i Kazaxstana, L., 1969; Boʻriyev O., Shoymardonov I., Nasriddinov K., Oʻzbek oilasi tarixidan, T., 1995.