Sophus Lie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LI (Lie) Sofus (1842.17.12, Norfyerdeyd — 1899.18.2, Kristianiya, hozirgi Oslo) — norveg matematigi. Peterburg Fanlar akademiyasi xorijiy muxbir aʼzosi (1896). Oslodagi Xristianiya universitetini tugatgan (1865); shu universitetda (1872—86), soʻng Leypsig universitetida (1886—98) professor Li gruppalari deb ataladigan uzluksiz gruppalar nazariyasining asoschisi (qarang Gruppa). L.ning bu sohadagi ishlari differensial tenglamalar nazariyasida, algebra, geometriya, topologiya va boshqa sohalarda muhim oʻrin tutadi. N.I.Lobachevskiy nomidagi Xalqaro mukofotga sazovor bulgan (1897).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil