Sonorizm
Sonorizm, sonoristika (lotincha: sonorus — jarangdor soʻzidan) — 20-asr musiqa uslublaridan. Konkret musiqa, elektron musiqa, shuningdek, musiqiy impressionizm tamoyillari asosida 1960-yillarda yuzaga kelgan (K. Penderetskiy, D. Ligeti va boshqalar). 1970y.lardan O. Messian, V. Lyutoslavskiy, R. Shchedrin, A. Shnitke va boshqa kompozitorlar ijodida rivoj topgan. Sda tovushlardagi balandpastlik, ritmik munosabatlar emas, balki birinchi oʻrinda tembr (tovush boʻyogʻi), turli musiqiy birikmalar sadolanishining oʻziga xosligi turadi. Unda akkordlar oʻrnida tovushlarning noanʼanaviy qoʻshilmalari, sozlarning yangi chalish usullari qoʻllanadi. Oʻzbekistonda M. Tojiyev, R. Vildanov, T. Qurbonov, F. va D. YanovYanovskiylar, M. Bafoyev va boshqa kompozitorlar asarlarida uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |