Solijon Inomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Solijon Inomov
Tavalludi 1903-yil
Vafoti 14-oktyabr 1938-yil
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1915—1937-yillar

Solijon Inomov (1903-yil tavallud topgan — 1938-yil 14-oktyabrda vafot etgan) — Namangan shahrida joylashgan ko‘nchilar uyushmasi kotibi va rais o‘rinbosari. O‘zK(b)P Markaziy Komitetining Zelenskiy tumanidagi tashviqotchisi. Zelenskiy tumani partiya komitetida instruktor.

Hayoti va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

S. Inomov 1903-yil Namangan viloyati Namangan shahrida To‘qmoqguzar mahallasida tavallud topgan. Manbalarda yashash manzili — Lenin (Asaka) tumanidaligi, oilaligi, ota-onasi va 2 nafar go‘dak bolalari borligi qayd qilingan. SSSR Harbiy Oliy sudi kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yilning 14-oktyabr sanasidagi yig‘ilishida otuvga hukm etilgan, jazo o‘sha kuni amalga oshirilgan.

Maʼlumoti — o‘rta, Namangan shahridagi savodsizlikni tugatish kursida, shundan soʻng Qo‘qon shahrida ham tahsil olgan. 1936-yil 1-dekabridan 1937-yil 1-martgacha Toshkent shahrida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi marksizm-leninizm kurslarida taʼlim olgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1915-yildan 1923-yilgacha Namangan shahridagi bir boy qoʻlida batrak bo‘lib ishladi. 1923-yildan 1925-yilgacha boʻlgan muddatda Namangan shahridagi turli xunarmandlar qoʻl ostida to‘qimachilik bo‘yicha shogird bo‘lib ishlagan. 1925-yilda VKP(b)ga nomzod bo‘lib qabul qilindim va shu kasbda ishchi sifatida 6 oylik ish stajiga ega boʻldi. 1925-yil — 1928 yil Namangan shahridagi ko‘nchilar uyushmasi kotibi va rais o‘rinbosari lavozimida ish yuritdi. 1928-yildan 1930-yilgacha Moskva viloyati Zaraysk tumanidagi ip tekstil fabrikasida ishlagan. Keyinchalik 1930-yildan boshlab 1931-yilgacha Namangan shahrida kotib sifatida xizmat qilgan. 1931—1932-yillarda O‘zK(b)P Markaziy Komitetining Zelenskiy tumani tashviqotchisi lavozimida, 1932-yildan 1933-yilgacha Zelenskiy tumani partiya komitetida instruktor bo‘lib faoliyat yuritgan. 1933-yilning 1-dekabr sanasidan 1934-yilning 1-dekabr sanasigacha Marhamat tumani partiya komitetining sekretari sifatida, 1935-yilning boshlaridan 1936-yil 1-iyuligacha Lenin tumani partiya komitetida instruktor bo‘lib xizmat koʻrsatdi[1].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inomovning prokuratura qoʻlidagi shaxsiy varaqasida oʻzbek va rus tili yaxshi bilishi, partiya tozalovlaridan tanbehsiz oʻtgani, yashash manzili — Lenin (Asaka) tumani ekanligi, oilaligi, ota-onasi, 2 nafar farzandi borligi qayd qilingan[2].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8. 
  2. OʻzR PDA. 58-fond, 65-roʻyxat 300-ish — 50-52 bet.