Solih Ishtixoniyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Solih Ishtixoniy (arabcha: صالح اشتيخاني — Solih ibn Muhammad ibn Mutavakkil ibn Qudoma ibn Yahyo Soʻgʻdiy Ishtixoniy) — roviy.

Solih Ishtixoniy Jibriyl Ibn Muhammadning akasi boʻlgan. Najmiddin Umar Nasafiyning "Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand" kitobida keltirilishicha, Jibriyl ibn Muhammadning nabirasi Muhammad ibn Ahmad ibn Jibriyl ibn Muhammad bobosining akasi Solih Ishtixoniydan u esa Muhammad ibn Yahyo ibn Abu Umar Adaniydan quyidagi hadisi sharifni rivoyat qilgan: Solih Ishtixoniy: Bizga Muhammad ibn Yahyo ibn Abu Umar Adaniy hadis aytdi, dedi. U: Bizga Sufyon ibn Uyayna esa Ibn Abu Nujayhdan, u esa Mujohiddan, u esa ibn Abu Laylodan, u esa Ali raziyallohu anhudan hadis aytdi, dedi. U: „Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga (hajga keltirgan) jonliqlarini (tuyalarini) zabh qilmogʻimni va uning goʻsht, toʻqim va terilarini (odamlarga) ulashmogʻimni amr qildilar“, — dedi[1]. Manbalarda Solih Ishtixoniyning tavallud topgan va vafot etgan yili haqida maʼlumotlar keltirilmagan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — Tehron, 1999. — B. 258. Najmiddin Umar Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — T.: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2001. — B. 47, 48.
  2. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. — B. 27.