Soli Davlatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Soli Boltaboyevich Davlatov (1932.23.9, Xorazm viloyati Hazorasp tumani) — hujjatli kino rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). 1965–93 ylar Oʻzbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasida rejissyor Faoliyatini havaskor sifatida boshlab, "Amu sohilida" hujjatli filmini (1964, Respublika koʻrigida 1-oʻrin berilgan) suratga olgan. Eng yaxshi filmlari: "Ikki orden", "Jon Andijonim", "Oʻzbek atlasi", "Chiriyotgan xotira", "Beruniy", "Al-jabr — algebra", "Hamid Olimjon", "Surxon tongi" (Riga kinofestivalida Bosh sovrin olgan, 1985), "Yerga mehr", "Navroʻz kelganda", "Yoʻqotgach, kuyunamiz" va boshqa.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil