Kontent qismiga oʻtish

Solfatarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Solfatarlar (ital. solfo — oltingugurt) — Yer poʻstining vulkanli rayonlarida, vulkan kraterlari va ularning yon bagʻirlaridagi mayda boʻshliq va yoriklardan, qotgan lava oqimlaridan ajralib chiquvchi koʻp miqdordagi issiq (100—300°) oltingugurt gazi, suv bugʻi va karbonat angidridi aralashgan vodorod sulfidi gazlari. S soʻnmagan vulkanlar atrofida uchraydi. Astasekin, ammo uzoq vaqt muttasil ravishda gazlar ajratuvchi vulkanlarga Neapol yaqinidagi Solfatara vulkani misol boʻladi. Baʼzi S. sanoat miqyosida oltingugurt ajratadi (yana qarang Fumarollar).