Sofya Kovalevskaya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Sofya Kovalevskaya | |
---|---|
Tavalludi | 3 (15) yanvar 1850 |
Vafoti | 10-fevral 1891[1][2] |
Ijod qilgan tillari | Rus tili[3], Nemis tili, Shved tili va Fransuz tili |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va Shvetsiya |
Sofya Vasilyevna Kovalevskaya (1850.3(15).1, Moskva – 1891.29.1(10.2), Stokgolm) — rus matematigi, yozuvchi. Peterburg Fanlar Akademiyasi 1-ayol muxbir aʼzosi (1889). V. O. Kovalevskiyning xotini. Matematik maʼlumotni chet elda olgan (1869—74). Differensial tenglamalar va Abel integrallariga oid ishlari uchun Gyottingen universiteti unga falsafa doktori ilmiy unvonini bergan. Stokgolm universitetida dotsent va professor (1883-yildan). Asosiy ilmiy ishlari xususiy hosilali differensial tenglamalarning analitik yechimlariga, qattiq jismlarning qoʻzgʻalmas nuqta atrofida aylanishi va toʻla simmetrik boʻlmagan gidroskopning aylanishi masalalariga bagʻishlangan. Kovalevskaya belletristik asarlar ("Baxt uchun kurash" dramasi, "Nigilistika" romani, "Bolalik esdaliklari" va boshqalar) muallifi.[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title) — С. 73.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |