Sofizm
Sofizm (yunoncha: sophisma — hiyla, joʻmboq — biror beʼmani fikrni asoslovchi muhokama yoki xulosa. Sofizmda yolgon muhokama chin muhokamadek kilib koʻrsatiladi yoki mantiq qonunlarini buzib xulosa chiqariladi. Aristotel Sofizmni "soxta isbot" deb atagan. Sofizm — haqiqatni yolgʻon, yolgʻonni haqiqat deb tushuntirishdan iborat boʻlib, raqibni aldash, uni notoʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirishga va shu tarzda oʻz maqsadiga erishishga moʻljallangan mantiqiy usuldir.
Misol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mana bu misolda odamning shoxi borligi shunday isbotlanadi: — Yoʻqotmagan narsalaring oʻzingda boʻladimi? — Ha. — Sen shox yoʻqotmagansan? — Ha. — Demak, shoxing oʻzingda. Sen shoxli odamsan.
Mantiq ilmini yaxshi egallagan kishilar bunday hiylagarlikni osongina fosh eta oladi. Sofizm soddadil kishilarqalbida haqiqatga, adolatga shubha uygʻotuvchi, ularni toʻgʻri yoʻldan adashtiruvchi makkorlik qurolidir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |