Sofiya Vohidova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sofiya Ahmedovna Vohidova
Tavalludi 1937-yil
Toshkent viloyati Bekobod tumani
Istiqomat joylari Toshkent, Andijon
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR, O‘zbekiston Respublikasi
Kasbi tarixchi olima
Ish joylari Andijon davlat pedagogika instituti (hozirgi Andijon davlat universiteti)
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)
Ilmiy darajasi tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Tezis sarlavhasi “O‘zbekiston kolxozchi-dehqonlari madaniy texnika saviyasining o‘sishi (Andijon viloyati misolida)” (nomzodlik), “O‘zbekiston kolxozchi-dehqonlarni madaniy va kasb-hunar saviyasini oshirish (1959—1975-yillar)” (doktorlik)

Sofiya Ahmedovna Vohidova — Xalq maorifi a’lochisi, tarix fanlari doktori (1984), professor.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sofiya Vohidova 1937-yilda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tavallud topgan. 1961-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini tamomlagan[1].

Olima ish faoliyatini Andijon davlat pedagogika instituti (hozirgi Andijon davlat universiteti)dan boshlaydi. 1979-yildan 1993-yilgacha mazkur institutda kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan, 1980—1985-yillarda Andijon shahar Kengashiga deputat bo‘lgan[manba kerak].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olima “O‘zbekiston kolxozchi-dehqonlari madaniy texnika saviyasining o‘sishi (Andijon viloyati misolida)” mavzusidagi nomzodlik, “O‘zbekiston kolxozchi-dehqonlarni madaniy va kasb-hunar saviyasini oshirish (1959—1975-yillar)”[2] mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

Sofiya Vohidova o‘z ilmiy tadqiqotlarida qishloq infratuzilmasini o‘zgartirish muammolarini, qishloq aholisining, ayniqsa, yoshlarnimg madaniylik darajasini, kasb-hunar egallashdagi saviyasini ko‘tarish, turmush tarzini, urf-odatlarini zamonaviy hayot bilan bog‘lash kabi dolzarb muammolarni ko‘tarib chiqqan[manba kerak]. O‘z faoliyati davrida vazirlik, viloyat hokimligi, o‘zi faoliyat ko‘rsatgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan bir necha bor rag‘batlantirilgan.

Profesor Sofiya Vohidovaning ilmiy yo‘nalishi bir qancha sohalarni qamrab olgan. O‘zbekiston kolxozchi-dehqonlarni madaniy va kasb-hunar hayot faoliyatini o‘rgangan, siyosatshunoslik asoslari yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatgan[3].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professor Sofiya Vohidova quyidagi ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarni chop ettirgan:

1. O‘zbekiston kolxozchi-dehqonlari madaniy va professional texnika saviyasining o‘sishi (1959–1970-yillar). — Toshkent: Fan, 1975.

2. Qishloq mehnatkashlari madaniyati va mehnat malakasini oshirish masalalari. — Toshkent: Fan, 1977.

3. O‘zbekiston qishloq mehnatkashlari madaniyati va professional texnika saviyasining o‘sishi, 1966—1970-yillar. Toshkent: Fan, 1986.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ўзбекистон тарихчилари (библиографик маълумотнома), биринчи жилд. Тошкент: Fan va texnologiya, 2012. — 71 bet. 
  2. Вахидова С.А. Рост культурного и профессионально-технического уровня колхозного крестьянства Узбекистана в условиях развитого социализма (1966-1975): диссертация ... доктора исторических наук: 07.00.02, Ташкент, 1984 — 371 bet. 
  3. Вахидова С.А. Повышение культурного и профессионально-технического уровня колхозного крестьянства Узбекистана, 1966-1975 гг. Ташкент: Фан, 1986. — 117 bet.