Sodiq Nurimbetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sodiq Nurimbetov (1900, Kegeyli tumani — 1972, Nukus) — Qoraqalpogiston xalq shoiri (1942), Oʻzbekiston xalq hofizi (1957). Mahalliy maktabda, madrasada oʻqigan. Oʻtgan asrning 20-yillari oʻrtalarida shoir sifatida shuhrat qozongan. Qoraqalpoq hajviyasini, xususan masal janrini rivojlantirishda N.ning xizmatlari katta. Bolalar uchun ham koʻplab sheʼrlar yaratgan. "Bizning Vatan" (1940), "Xalq yengilmaydi" (1942), "Olgʻa, botirlar" (1944), "Tulkicha" (1956), "Farhol" (1958, 1974), "Pillakor Janil" (1961), "Yangi davr ohanglari" (1962), "Ogʻa-inilar" (1968) kabi sheʼr va dostonlar toʻplamlari nashr etilgan. Uning "Bax-tiyor" (1950), "Dengizda" (1957-58), "Pillakor Janil" (1961), "Zarimbetning hayajoni" (1958) dostonlari ularda tilga olingan ijtimoiy masalalarning dolzarbligi bilan ajralib turadi.

"Berdaq" (1950) va "Ogʻa-inilar" (1968) dostonlari oʻtmishni badiiy talqin qidishga bagishlangan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1971).