Sobit Muqonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sobit Muqonovich Muqonov (1900.13.4, hozirgi Shimoliy Qozogʻiston viloyati Jambul tumani — 1973.18.4, Olmaota) — qozoq yozuvchisi va jamoat arbobi. Qozogʻiston FAakad. (1954). Fuqarolar urushi qatnashchisi (1918— 20). 1930—1935-yillarda Moskvadagi Kizil professura institutidaoʻqigan. Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1936-37; 1943-1952). „Boy oʻgʻli“ (1928), „Sof sevgi“ (1931), „Temirtas“ (1935), „Boʻtakoʻz“ (1938) romanlarida qozoq xalqining bosib oʻtgan tarixiy yoʻli aks etgan. „Boʻtakoʻz“ romani asosida pyesa va kinossenariylar yaratilgan. „Mening maktabim“ (1939—1953) avtobiografii: qissasida yozuvchining bolaligi tasvirlangan. „Sirdaryo“ roman i (1947—1948) 2-jahon urushiga bagʻishlangan. „Mening maktabim“ qissasi asosida „hayot maktabi“ trilogiyasini yaratgan (1949—1953). Muqonov „Choʻqon Valixonov“ (1954), „Saken Sayfullin“ (1970) dramalari, „Boʻz toʻlqinlari“ (1956) romani, „Zamondoshlar haqida afsona“ qissasi (1962) va boshqa asarlar muallifi. U 3 kitobdan iborat „Oqqan yulduz“ asarini (1967—1970) yozgan. Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Qaxdor, Zulfiya asarlaridan namunalarni qozoq tiliga tarjima qilgan. Asarlari oʻzbek tilida chop etilgan. Abay nomidagi Qozogʻiston Davlat mukofoti laureata (1967).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayot maktabi, T., 1954; Choʻpon bola, T., 1961; Boʻtakoʻz, T., 1962; Choʻloq polvon. Hikoyalar, qissalar, T., 1970.