Sobir Iskandarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sobir Iskandarov (1909.11.3 – Toshkent – 1976.2.7) — kino dublyaji rejissyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Leningrad sahna sanʼati texnikumini tugatgan (1930). 1930 yildan "Oʻzbekfilm"da ishlagan. "Soʻnggi bek" filmida aktyor, "Makrli changal", "Tong oldidan", "Ulim qudugʻi", "Yigit" filmlarida rejissyor yordamchisi, aktyor sifatida katnashgan. 1936 yildan rejissyor Chet el filmlarini oʻzbek tiliga dublyaj qilishda xizmatlari katta. "Ikki jangchi", "Tinch oqar Don", "Ona kalbi", "26 Boku komissari", "Joʻra sarkor", "Sevgi va so-qov", "Sofiya Grushko" va boshqalar u rejissyorlik qilgan filmlardan. Iskandarov, shuningdek, oʻzbek filmlarini qardosh xalqlar tillariga dublyaj qilishda ham katnashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil