Soʻx svitasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Soʻx svitasi — quyi toʻrtlamchi davrga mansub yotqiziklar, 1932 y. mustaqil svita sifatida ajratilgan. Soʻx svitasi Fargʻona, Isfara, Shohimardon atroflarida, Norin daryosi vodiysida mavjud, qalinligi 1000 m gacha. S.s, asosan, qum, shagʻal va konglomeratlardan tarkib topgan. Svita jinslari yura, boʻr va uchlamchi davr yotqiziqlarining yuvilishi va oqin suvlar faoliyati natijasida vujudga kelgan. Soʻx svitasi yotqiziqlari qurilish materiallari sifatida ishlatiladi.