Soʻroq gap

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(So`roq Gapdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Soʻroq gap — gaplarning kuzatilgan maqsadga koʻra turlaridan biri; soʻzlovchining biror nomaʼlum va noaniq narsahodisani bilish uchun tinglovchiga murojaatini ifodalovchi, soʻroq mazmunli ran. Asosiy xususiyati (vazifasi)ga koʻra S.g .lar 2 turli boʻladi: sof S.g .lar va ritorik S.g .lar. Sof S.g . tinglovchidan javob talab qiladi (Olimjonni kachondan beri bilasiz?). Ritorik S.g . oʻzida tasdiq yoki inkor mazmuni boʻlgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gapdir (Shunday goʻzal vatan bormi dunyoda? Bolani kim sevmaydi?). Baʼzi S.g .larda soʻroq mazmuni bilan birga shubha, hayrattaajjub, buyruq maʼnolari ham sezilib turadi (Yopiray, shu ishni sen bajardingmi? Tezroq bormaysizmi? — Tezroq boring).

S.g . quyidagi vositalar yordamida tuziladi: 1) ran tarkibida mustaqil soʻroq soʻzlar (kim, nima, qachon, qayerda, qancha, necha, nega kabi soʻroq olmoshlari) yordamida (Uni kim koʻribdi? Qachon kelasiz?); 2) mi, chi, a(ya) va boshqa soʻroq yuklamalari yordamida (Kecha teatrga bordingmi? — Yoʻq. — Bugunchi? Bugun borasana?); 3) soʻroq olmoshlari va soʻroq yuklamalari boʻlmaganda, soʻroq ohangining oʻzi bilan hosil qilinadi (Familiyangiz? Ismingiz? Kecha koʻrinmadingiz?).