Smartcat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Smartcat
{{{skrinshot_olchami}}}
Sayt turi CAT vosita, global boshqaruv tizimi, frilanserlar tizimi, toʻlovni avtomatlashtirish platformasi, huquqiy platforma
Ochilgan sanasi iyul2015 (8 yil avval) (2015-07)
URL smartcat.com

Smartcat bulutga asoslangan tarjima va mahalliylashtirish platformasi boʻlib, u korxonalar, tarjimonlar va tarjima agentliklarini yagona tarjima fayllarini yetkazib berish tizimida bogʻlaydi. Platforma oʻzini CAT, TMS va boshqa tarjima texnologiyalarini oʻzida mujassam etgan „barchasi birida“ tarjima platformasi sifatida deb hisoblaydi. Unda tarjima uchun fayllarni tayyorlashdan boshlab, toʻlovlarni oʻtkazib berish, yakuniy tekshiruv bosqichlarining barchasi qamrab olinadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Smartcat dastlab CAT vositasi sifatida 2012-2015 yillarda ABBYY kompaniyalar guruhi tarkibidagi lingvistik xizmatlar provayderi ABBYY Language Solutions tomonidan ichki yechim sifatida ishlab chiqilgan.[1]

2016-yilda Smartcat ABBYY LS kompaniyasidan ajralib chiqib, alohida kompaniyaga aylandi va Ilya Shirokovdan (Odnoklassniki’ning sobiq bosh direktori va Yandexdan MoiKrug.ru ijtimoiy tarmog‘ini sotib olgan) 2,8 million dollar sarmoya jalb qildi.[2] ABBYY LS asoschisi va bosh direktori Ivan Smolnikov ham eʼtiborini Smartcatga qaratish uchun kompaniyani tark etdi.[3]

2020-yil sentabr holatiga ko‘ra, platforma o‘z tizimida 350 000 dan ortiq frilanserlarga ega[4] va foydalanuvchilarga Smartcat hisoblarini uchinchi tomon vositalari bilan birlashtirish imkonini beruvchi „ilovalar do‘koni“ xizmatini taqdim etadi.[5]

Smartcatʼda tarjimonlarga tezroq va samaraliroq ishlashga yordam beradigan CAT vositasi mavjud boʻlsa-da, uning qoʻllanilishi va funksionalligi CAT vositasidan ancha kengroq. Bu toʻlovlarni avtomatlashtirish kabi qoʻshimcha xizmatlarni taklif qilish bilan birga, biznes va tarjima mutaxassislarini bir-biriga bogʻlaydigan, kompaniya tomonidan „Connected Translation“ deb ataydigan birlashgan tarjima platformasi hisoblanadi.

Monetizatsiya va obuna rejalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Smartcat toʻlov tizimida qoʻllab-quvvatlanadigan uchinchi tomon toʻlov tizimlari

Aksariyat sanoat vositalaridan farqli oʻlaroq, Smartcat litsenziyalar uchun haq olmaydi, chunki bu tarjima biznesiga toʻgʻri kelmaydi deb hisoblashadi, bu yerda foydalanuvchilarning 90% dan ortigʻi frilanserlar va ular kunlik asosda loyihalarda hamkorlik qiladi.[1]

Tarjima xizmatlari uchun toʻlovlar tizim orqali toʻlab beriladi. Toʻlov qilingandan keyin uni uchinchi tomon toʻlov tizimlaridagi hisoblarga oʻtkazib olish imkoniyati mavjud.

Buning oʻrniga, Smartcatʼning monetizatsiyasi, birinchi navbatda, sotuvchilarning oʻz tariflari ustiga foizga asoslangan xizmat haqiga asoslanadi. Smartcat, shuningdek, baʼzi qoʻshimcha funksiyalarga ega pullik obunalar, shuningdek, frilanserlarni boshqarish va mahalliylashtirish muhandislik yordamini taklif qiladi.[6]

Connected Translation[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil boshidan beri Smartcat ulangan mahalliylashtirish ekotizimiga ishora qilish uchun Connected Translation atamasini ishlatib keladi, bu yerda korxonalar, agentliklar va tarjimonlar bitta kontentni yetkazib berish siklida birlashtiriladi.[7]

Hujjat formatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Smartcatʼning ichki oʻrnatilgan CAT muharriri matnli hujjatlar, taqdimotlar, elektron jadvallar, skanerlangan hujjatlar va tasvirlar (shu jumladan, pullik OCR xizmati), HTML sahifalari, resurs fayllari, sanoat standartidagi ikki tilli formatlar va boshqalarni oʻz ichiga olgan 70 dan ortiq matn kiritish formatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.[8] Platforma shuningdek, SDL Trados paketlarini qoʻllab-quvvatlaydi, bu foydalanuvchilarga dastlab SDL Trados uchun moʻljallangan loyihalar ustida ishlash imkonini beradi. Bu fayllarga kelgusida Trados dasturida ham ishlov berish mumkin.[9]

#LocFromHome[tahrir | manbasini tahrirlash]

Smartcat #LocFromHome[sayt ishlamaydi] onlayn til sanoati konferensiyasi tashkilotchisi hisoblanadi. Konferensiya asosan tarjima xizmati xaridorlari va agentliklariga bagʻishlangan boʻlib, til sanoatining kelajakdagi muammolari bilan shugʻullanadi. 2020-yil sentabr oyi holatiga koʻra, tadbirning ikkita bosqichi boʻlib oʻtdi, ularning har biri 2000 ga yaqin ishtirokchini jalb qildi va 30 ga yaqin maʼruzachilarni qamrab oldi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Why we don't count seats: On Licenses, Monkeys, and Cognitive Biases — The Smartcat Blog“. The Smartcat Blog (2017-yil 5-aprel). Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
  2. „Smartcat Raises USD 2.8m Seed Round From Russian VC → slator.com“ (2016-yil 20-iyul). Qaraldi: 2017-yil 12-may.
  3. „"Interview with Ivan Smolnikov" → Roem.ru“ (ru-RU) (2017-yil 20-mart). Qaraldi: 2017-yil 12-may.
  4. „Smartcat — Translation ecosystem that makes it easy for companies and talents to connect and collaborate“.
  5. „Smartcat Store“ (en). www.smartcat.com. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel. [sayt ishlamaydi]
  6. „Plans and Pricing Smartcat“ (en). www.smartcat.com. Qaraldi: 2020-yil 29-yanvar.
  7. Connected Translation
  8. „File formats supported in Smartcat“ (en-US). Smartcat Help Center. Qaraldi: 2020-yil 29-yanvar.
  9. „Support for Trados packages in Smartcat“ (en). Translation & Localization Blog (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 2020-yil 29-yanvar.