Smallfoot (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Smallfoot
Smallfoot (film).png
Chiqishli poster
Rejissor Karey Kirkpatrick
Produser
Ssenariy muallifi
  • Karey Kirkpatrick
  • Clare Sera
Rollarda
Bastakor Heitor Pereira[1]
Muharrir Peter Ettinger
Studiya
Distributor Warner Bros. Pictures[2]
Premyera sanasi
  • 28-sentabr, 2018-yil(2018-09-28)

(AQSh)

Davomiyligi 96 daqiqa[3]
Mamlakat AQSh
Til Ingliz
Mablagʻ $80 million[4]
Daromad $214.1 million[5]

Smallfoot, 2018-yil Amerika'ning Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan 3D kompyuter-animatsion komediya sarguzasht filmi. Animatsion film Sergio Pablosning Yeti Tracks kitobi asosida ishlangan boʻlib, film rejissori Karey Kirkpatrick, shuningdek, Channing Tatum, James Corden, Zendaya, Common, LeBron James, Gina Rodriguez, Danny DeVito, Yara Shahidi, Ely Henry va Jimmy Tatrolar ovoz bergan.

Smallfoot multfilmi AQShda 28-sentabr 2018-yildan boshlab teatrlarga chiqa boshladi va hozirchalik dunyo boʻylab $213 million yigʻishga muvaffaq boʻldi.

Syujet[tahrir]

Yetilar Nepaldagi Himolay tog‘ining tepasida, bulutlarning ustida yashashar edi va ko‘zdan yashirinar edilar. Migo ismli yeti, yettinchi yo‘lboshchi tomonidan olib boriladigan qadimiy toshlar qonuniga amal qilar edi. Migoning otasi Dorgle, har kuni ertalab o‘z boshini gongga urish uchun havoga ko‘tarilar, bu esa quyosh ko‘tarilishiga imkon berardi. Migo Stonekeeperning qizi Mecheeni sevar edi va qishloqning tashqarisida gongni qo‘ndiradi. Bu yerda Migo samolyot halokatiga guvoh bo‘ladi va afsonaviy olgan "smallfoot" (inson)ni topadi. Migo qishloqqa nima ko‘rganini aytib berish uchun qaytib ketadi, ammo hech qanday dalil yo‘q. Migoning gapiga hech kim ishonmaydi. Qishloq yo‘lboshchisi esa uni haydaydi.

Migo birdan Gwangi, Kolka va Fleemlar bilan birgalikda, ularni Meechee boshchiligidagi Smallfoot Evidentiary Society (S.E.S) jamiyatiga qo‘shadi. U toshlarning ularga qishloqning ostida hech narsa yo‘qligini aytishiga qaramay, jamiyat a'zolari Migoni bulutlar ostiga arqon orqali tushirishni taklif qilishadi. Bir oz ikkilanib bo‘lgach, Migo tushishga rozi bo‘ldi. Muammolar tufayli arqon uziladi va Migo yerga tushadi.

Percy Patterson yovvoyi tabiat haqida hujjatli film oluvchi filmmaker. U yetini ko‘rgan uchuvchini uchratadi va uning shuhratini qayta tiklashga urinib, uning yordamchisi Brendani film olish uchun yeti sifatida kiyinishga harakat qilishini aytadi. Migo mahalliy kichik shaharchaga yetib boradi va u bilan muloqot qilishga urinadi. Migo Percyni o‘zi bilmagan holda qo‘rqitadi. Migo Percyni o‘zi bilan birga olib boradi va ular ayrim sabablarga ko‘ra g‘orda to‘xtashadi. Percy Migodan qochadi. Percyning orqasidan quvayotgan Migoning oyog‘i tuzoqqa tushib qoladi. Percy esa tuzoqni olib tashlash va Migoning yarasini kanal trubkasi bilan bog‘lab, unga rahm qiladi. Percy Migo bilan borishga rozi bo‘ladi va ular Yetilar qishlog‘iga boradilar. U yerda S.E.S. Percy ko‘rib, uni yeti xalqiga ko‘rsatishadi. Uning qiyofasi qishloqni chalkashtiradi, lekin uni qabul qilish va madaniyatini o‘rganishdan yetilar baxtiyor; Stonekeeperning dahshati smallfootga nisbatan juda ko‘p edi. Keyin Stonekeeper Migo bilan birga saroy ichiga kiradi va unga haqiqatni ochib beradi: "Qadim zamondan beri Yetilar yerda yashar edilar. Yetilar insonga yaxshi munosabat bildirishadi. Smallfootlar (inson) esa ularga hujum qildilar. Yetilar esa Himolayning eng baland cho‘qqisidan qo‘nim to‘ishadi. Yeti sardorlari toshlarni yaratishadi. Toshlar yordamida bulut hosil qilinib, yeti qishlog‘i ko‘zdan g‘oyib bo‘lar edi". Stonekeeper Migoga Percyni smallfoot emasligini, u tuksiz bir kichik mavjudot ekanligini aytish kerakligini tushuntiradi va bu smallfoot yetilarga xavf keltirishini aytib o‘tadi. Migo bunga ishonadi va sovuqdan kasallangan Percyni qutichaga solib qo‘yib, yuqoridagi gaplarni yetilarga aytadi. Shuningdek, Migo S.E.S jamiyatini ham tentakka chiqaradi. Keyinchalik, do‘stlari Migodan xafa bo‘lishadi. Ammo u xatosini tushunganida, Mechee smallfootni olib, uni uyiga qaytarish ilinjida yerga tushadi.

Manbalar[tahrir]

  1. Heitor Pereira to Score ‘Smallfoot’ - Film Music Reporter. filmmusicreporter.com.
  2. 2,0 2,1 2,2 Film releases. Variety Insight. Variety Media. August 7, 2018.
  3. SMALLFOOT (U). British Board of Film Classification (September 14, 2018). September 25, 2018.
  4. Cite error: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named BOpreview
  5. Smallfoot (2018). Box Office Mojo. October 12, 2018.

Havolalar[tahrir]