Danny DeVito
Danny DeVito | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Daniel Michael DeVito Jr. 17-noyabr 1944-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktyor, komediant |
Faoliyat yillari | 1969-yildan hozirgi kungacha |
Turmush oʻrtogʻi | Rhea Perlman (2017-yil martda ajrashgan) |
Bolalari | 3 ta |
Daniel Michael DeVito Jr. (1944-yil 17-noyabrda tugʻilgan) – amerikalik aktyor, komediyachi va kinorejissyor. U „Taxi“ (1978—1983) teleserialidagi taksi dispetcheri Loui De Palma roli tufayli mashhurlikka erishgan. bu roʻl unga "Oltin globus" va „Emmi“ mukofotlarini qoʻlga kiritishiga sababchi boʻlgan.
U "Kakku uyasi uzra parvoz" (1975), "Terms of Endearment" (1983), "Romancing the Stone" (1984), "Throw Momma from the Train" (1987), „ Twins“ (1988) filmlaridagi rollari bilan tanilgan.
Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
DeVito Nyu-Jersi shtatining Neptun Township shahri kichik biznes egasi Daniel DeVito Sr va Julia DeVitoning oilasida dunyoga kelgan[1][2]. U besh kishilik oilada ota-onasi va ikkita opasi bilan katta boʻlgan[3][4][5]. U Nyu-Jersi shtatidagi Asberi Parkda katta boʻlgan.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
DeVito 1975-yilda „Kakku uyasi uzra parvoz“ filmida Martini rolini oʻynagan va oʻz rolini 1971-yilda xuddi shu nomdagi Brodveydagi spektakldan qayta ijro etgan.
"Taxi" serialidagi vaqti tugaganidan soʻng, DeVito oʻsib borayotgan muvaffaqiyatli kino karerasiga koʻproq kuch bagʻishladi, u 1983-yilda mashhur "Tarms of Endearment" filmida Vernon Dalxart rolini oʻynagan. Michael Douglas va Kathleenn Turner ishtirokidagi ishqiy sarguzashtdagi „Romancing the Stone“ (1984) filmidagi kulgili qaroqchi Ralf rolini ijro etgan.
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
DeVitoning boʻyi 4 feet 10 inches (1.47 metr) ni tahskil qiladi. Uning past boʻyli koʻp epifiz displazi (Fairbank kasalligi) natijasidir, bu suyak oʻsishiga taʼsir qiluvchi noyob genetik kasallik hisoblanadi[6][7].
1971-yil 17-yanvarda DeVito DeVito rolini oʻynagan "The Shrinking Bride" spektaklining bitta spektaklida doʻstini koʻrgani borganida, Rea Perlman bilan uchrashgan[8]va ular 1982-yil 28-yanvarda turmush qurishgan[9]. Ularning uchta farzandi bor: Lyusi Chet DeVito (1983-yil 11-martda tugʻilgan), Grace Fan DeVito (1985-yil mart oyida tugʻilgan) va Jacob Daniel DeVito (1987-yil oktyabrda tugʻilgan)[10].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Mikle. „Jack Nicholson, Danny DeVito childhood homes: see where they grew up at the Shore“ (en-US). Asbury Park Press. Qaraldi: 29-avgust 2022-yil.
- ↑ „Biography - Yahoo! Movies“. movies.yahoo.com. 3-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-fevral 2010-yil.
- ↑ Ellen. „Danny DeVito: 'It all worked out for me. Life is good'“. The Guardian (14-aprel 2012-yil).
- ↑ „American actor Danny DeVito returns to his Albanian origins and shows how much he adored his grandmother's Georgian dialect“. Vox News. Qaraldi: 20-dekabr 2022-yil.
- ↑ „Daniel Michael DeVito of Arbëresh descent born on November 17“ (en-gb). Oculus News (17-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2022-yil.
- ↑ Joseph. „Lights, Camera, Economics Robert Reich brings his message to the big screen.“. Berkeley (10-sentyabr 2013-yil). Qaraldi: 5-oktyabr 2015-yil.
- ↑ Jenkins. „For Richer And For Poorer, But What Of That Vanishing Middle?“. NPR (26-sentyabr 2013-yil). Qaraldi: 5-oktyabr 2015-yil.
- ↑ Lovece, Frank. Hailing Taxi: The Official Book of the Show. New York: Simon & Schuster / Prentice Hall Press, 1988 — 53, 286 bet. ISBN 978-0-13-372103-4.
- ↑ Wallace, Carol. „Chalk Up a Successful Marriage for TV's Tart-Tongued Twosome, Danny De Vito and Rhea Perlman“. People (12-dekabr 1983-yil). Qaraldi: 8-oktyabr 2012-yil.
- ↑ „Exclusive: Danny DeVito and Rhea Perlman Separate“. Entertainment Tonight. 10-oktyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-oktyabr 2012-yil.