Slyab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Slyab (ing . slab, aynan —plita) — metallurgiya sanoatining chala mahsuloti; kesimi toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi yassi poʻlat zagotovka. S. poʻlatni uzluksiz quyish qurilmalarida yoki slyabingyaa, baʼzan esa blumingpa olinadi. S.ning eni 400—2500 mm gacha, kalinligi 75—600 mm gacha boʻladi. Undan list prokat ishlab chiqariladi. SLYABING (ing . slab) yirik (45 t gacha) poʻlat quymalardan slyab ishlab chiqariladigan prokat stani. S. jihozlarining tarkibi va joylashtirilishi blumingnmkilan farq qiladi: S.da vertikal valli kletlar (kataklar) ham boʻladi. Ikki kletli universal S. koʻproq ishlatiladi. Birinchi kleti ikkita gorizontal valdan, ikkinchisi ikkita vertikal valdan iborat. Vallarni oʻzgarmas tok bilan ishlaydigan uchta reversiv elektr dvigatel harakatlantiradi.