Kontent qismiga oʻtish

Slitere milliy bogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xato: blok «Qoʻshimcha» andoza Geokarda yoʻq.


Slitere milliy bog'i
JoylashuviLatvia
Hudud265 km²
Tashkil topgan sanasi2000–yil
Slitere milliy bog'i VikiOmborda

Slitere milliy bogʻi (latishcha: Slīteres nacionālais parks) – Latviyaning gʻarbiy qirgʻogʻida, Kurland, Talsi munitsipalitetida joylashgan milliy bogʻ. Rasmiy ravishda 2000–yilda tashkil etilgan boʻlsa-da, Boltiqboʻyi davlatlarining eng qadimgi qoʻriqxonalaridan biri boʻlgan sobiq Slitere qoʻriqxonasiga asoslangan. Bu Latviyadagi eng kichik milliy bogʻ sanaladi.

Geografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Park Kurland yarim orolida, Riga koʻrfazining janubiy yoʻli boʻlgan Irbe boʻgʻozining Kolka burni nuqtasida joylashgan[1].

Latviyadagi eng kichik bogʻ hudu 265 km² maydonni egallaydi, shundan 101 km2 (39 kv mi) Boltiq dengiziga toʻgʻri keladi.

„Zilie Kalni“ yoki „Moviy tepaliklar“ bogʻning eng taniqli hududidir. Ming yillar oldin, Zilie Kalni Boltiqboʻyi muzli koʻlining qadimiy qirgʻogʻini hosil qilgan[2].

Kichik Irbe daryosi Irbe boʻgʻozining qirgʻoq chizigʻidan Boltiq dengizi tomon oqib oʻtadi va Slitere milliy bogʻi ichidan dengizga etib boradi[3]. Uning loyqa suvlari doimiy ravishda qum toʻsiqlarni siljitadi. Kuzning oxirida jigarrang alabaliqla koʻpayish joylariga etib borish uchun daryo boʻylab suzishadi[2].

Flora[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slitere milliy bogʻi qirgʻoq chizigʻini qoplagan keng bargli oʻrmonlari, qumtepalari (latviyada kangari deb ataladi) va botqoqlardan iborat boʻlgan chuqurliklari bilan mashhur. Keng bargli oʻrmonning koʻp qismi „Zilie Kalni“ yoki „Moviy tepaliklar“ da joylashgan. Park hududining yana 30% ignabargli oʻrmonlar bilan qoplangan.

Bogʻda yuzlab turdagi oʻsimliklar va briofitlar mavjud boʻlib. Ularning 29 turi endemik tur, Latviyaning boshqa joylarida topilmaydi.

Fauna[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slitere milliy bogʻi Latviyadagi qushlarni kuzatish uchun eng yaxshi joylardan biri[4]. Misol uchun, katta kulrang boyqush qishda Rossiyadan bu yerga koʻchib keladi[2]. Latviyada yashovchi qushlarning deyarli barcha turlari Slitereda uchraydi, bahor va kuzgi migratsiya paytida soatiga 60 000 ga yaqin qushlarning uchib oʻtishi kuzatilgan[4].

Kulrang boʻri, Yevroosiyo silovsisi va yelkni Sliterda uchratish mumkin. Milliy bogʻda oʻsimlik va fauna xilma-xilligi tufayli hasharotlar hamda salyangozlarning koʻplab noyob turlari mavjud[2].

Odamlar turar joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slītere Līvõd Randaning katta qismini Livoniya qirgʻogʻi tashkil qiladi, u yerda Livoniya qishloqlari mavjud. Masalan: Cape Kolka, Vaide, Saunags, Pitrags qishloqlari.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Slītere National Park, location map on google.com/maps.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 The Baltic coast, video by Free High-Quality Documentaries, on youtube.com. Cape Kolka: 38’16 – 38’30. Slītere national park: 38’31 – 38’42. Ilbe river moor waters reaching the coast: 38’43 – 38’48. Sandbanks: 38’48 – 39’06. Trouts reproducing up river Irbe: 39’06 – 39’33. Bar-tailed godwit: 39’43 – 40’35. Sub-tropical climate: 42’32 – 42’42. Fossilised amber: 41’12 – 42’29 (notably 42’14 – 42-25). Great grey owl: 43’04 – 43’15. Sea frozen over in winter from cape Kolka to the Estonian islands in the north of the bay of Riga: 44’05 – 44’22. Grey seals: 44’22 – 44’51.
  3. Irbe river, location map on google.com/maps.
  4. 4,0 4,1 Slītere National Park : fauna