Slater Koekkoek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Slater Koekkoek
Stp 20170607 100 34814517910 o (39874336314).jpg
Koekkoek Syracuse Crunch bilan 2017-yilda
Tugʻilgan joyi 18-fevral 1994-yil (1994-02-18) (30 yosh)
North Dundas, Ontario, Canada
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 200 lb (91 kg; 14 st 4 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
NHL (P)
Cur. team
Sobiq jamoalar
Edmonton Oilers
Bakersfield Condors (AHL)
Tampa Bay Lightning
Chicago Blackhawks
NHLga kirish drafti 10-oʻrin, 2012
Tampa Bay Lightning
Jamoalardagi faoliyat 2014—hozirgacha

Slater Koekkoek (talaffuzi: Slater Koekkoek[1] 1994-yil 18-fevralda tugʻilgan) — Kanadalik professional xokkey himoyachisi, hozirda Amerika Xokkey Ligasida (AHL) Bakersfield Condors jamoasi bilan shartnoma asosida oʻynaydi. Koekkoek dastlab Tampa Bay Lightning jamoasi tomonidan 2012-yilgi NHL draftida 10-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan.

Jamolardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koekkoek Ontario xokkey ligasida 4 mavsum va 195 oʻyin oʻtkazgan. U Peterborough Petes jamoasi bilan 131 oʻyin va Windsor Spitfires jamoasi bilan esa 64 oʻyin oʻtkazgan. Peterborough Petes bilan 2-mavsumida u noyabr oyining oxirida yelkasidan jarohat olganligi uchun faqatgina 26 oʻyinda maydonga tushgan[2]. U 2013-yilning 10-yanvarida Windsor jamoasiga transfer qilingan va oʻzining soʻnggi mavsumida yuqori natijaga erishgan. Mavsumni 15 gol va 53 ochko qayd etgan holda, +44 reyting va 51 penalti bilan yakunlagan.

Koekkoek Windsor Spitfires jamoasi bilan 2013-yilda

Professional jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koekkoek Tampa Bay Lightning jamoasi tomonidan 2012-yilgi NHL draftida 10-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan. U 2013-yil 20-martda Lightning jamoasi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzo chekkan va birinchi 2 yil Kanada Xokkey Ligasi oʻyinlarida maydonga tushgan[3]. Koekkoek oʻzining professional xokkey debyutini 2014-yil 12-oktyabrda Hartford Wolf Pack jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Crunch bilan 66 oʻyinda Koekkoek beshta gol va 40 penaltidan 24 ochko toʻplagan. Koekkoek barcha Crunch himoyachilari orasida assistentlik (19) va ochkolar (24) boʻyicha yetakchilik qilgan. U shuningdek, Amerika Xokkey Ligasi himoyachilari orasida ochkolar boʻyicha beshinchi oʻrinni egallagan.

2016-yil 7-martda Koekkoek birinchi NHL ochkosini Philadelphia Flyers jamoasiga 2-4 hisobida yutqazgan oʻyinida qoʻlga kiritgan[4]. 2016-yil 30-aprelda oʻzining birinchi NHL pley-off oʻyinida u New York Islanders ustidan 4-1 hisobida Lightning jamoasi tarkibida gʻalaba qozongan[5].

2017-yil 3-iyulda Koekkoek Lightning bilan bir yillik 800 000 dollarlik shartnomani uzaytirgan[6]. Koekkoek 2017-yil 12-oktyabrda NHLdagi birinchi va ikkinchi gollarini qayd etgan. Koekkoekning ikkinchi goli Lightning jamoasining gʻalaba goli boʻlgan[7].

2018—2019-yilgi mavsumda Koekkoek Chempionatda oʻzini koʻrsata olmagani uchun Lightning jamoasi uni Jan Rutta evaziga 2019-yil Chicago Blackhawksga almashtirgan[8].

Blackhawksning erkin agenti sifatida 2020-yil 26-dekabrda Koekkoek Edmonton Oilers jamoasi bilan bir yillik 850 000 dollarlik shartnoma imzolagan[9]. 12-avgust kuni u Oilers jamoasi bilan ikki yillik shartnomani uzaytirgan[10].

Xalqaro jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koekkoek 2011-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan jahon xokkey musobaqasida Canada Ontario jamoasi bilan faoliyat olib borgan[11].

Jamoalardagi faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2008—2009 Notre Dame Hounds SMHL 5 0 1 1 2
2009—2010 Notre Dame Hounds SMHL 44 16 27 43 91 13 3 4 7 6
2010—2011 Peterborough Petes OHL 65 7 16 23 67
2011—2012 Peterborough Petes OHL 26 5 13 18 17
2012—2013 Peterborough Petes OHL 40 6 22 28 28
2012—2013 Windsor Spitfires OHL 2 0 1 1 0
2013—2014 Windsor Spitfires OHL 62 15 38 53 51
2014—2015 Syracuse Crunch AHL 72 5 21 26 44 3 0 1 1 6
2014—2015 Tampa Bay Lightning NHL 3 0 0 0 2
2015—2016 Syracuse Crunch AHL 60 5 10 15 26
2015—2016 Tampa Bay Lightning NHL 9 0 1 1 2 10 0 1 1 2
2016—2017 Syracuse Crunch AHL 48 2 11 13 14 22 1 6 7 16
2016—2017 Tampa Bay Lightning NHL 29 0 4 4 8
2017—2018 Tampa Bay Lightning NHL 35 4 4 8 18
2018—2019 Tampa Bay Lightning NHL 9 1 0 1 4
2018—2019 Syracuse Crunch AHL 5 0 1 1 2
2018—2019 Chicago Blackhawks NHL 22 1 4 5 10
2019—2020 Chicago Blackhawks NHL 42 1 9 10 42 9 1 2 3 2
2020—2021 Edmonton Oilers NHL 18 1 0 1 2 4 0 1 1 0
2021—2022 Edmonton Oilers NHL 19 0 4 4 16
2021—2022 Bakersfield Condors AHL 2 0 1 1 0
NHLdagi umumiy ochkolari 186 8 26 34 104 23 1 4 5 4

Xalqaro musobaqalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Musobaqa Natija GP G A Pts PIM
2011 Canada Ontario U17 1st 5 1 2 3 8
2011 Canada IH18 1st 5 0 5 5 0
2011 Canada U18 4 7 1 1 2 2
Oʻsmirlar jamoasidagi umumiy ochkolari 17 2 8 10 10

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil
OHL
Ikkinchi All-Rookie jamoasi 2011
Birinchi yulduzlar jamoasi 2014 [12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Custance. „A pronunciation guide for hockey's spellbinding young stars“. ESPN.com (5-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 1-fevral 2022-yil.
  2. „Koekkoek, Slater - 2015 NHL Draft Prospects“. NHL.COM. Qaraldi: 1-aprel 2015-yil.
  3. „Lightning sign 2012 First round pick Slater Kokkoek“. Tampa Bay Lightning (20-mart 2013-yil). Qaraldi: 20-mart 2013-yil.
  4. Kimelman. „Shayne Gostisbehere's two goals help Flyers defeat Lightning“. NHL.com (7-mart 2016-yil). Qaraldi: 9-mart 2016-yil.
  5. Long. „Drouin helps Lightning win Game 2 vs. Islanders“. NHL.com (30-aprel 2016-yil). Qaraldi: 11-mart 2016-yil.
  6. „Lightning sign defenseman Slater Koekkoek to one-year contract“. NHL.com. Tampa Bay Lightning (3-iyul 2017-yil). Qaraldi: 3-iyul 2017-yil.
  7. Long. „Stamkos Scores First, Lightning hold off Penguins“. NHL.com (12-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2017-yil.
  8. „Rutta traded to Lightning from Blackhawks for Koekkoek“. National Hockey League (11-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2019-yil.
  9. „Oilers sign Slater Koekkoek“. Edmonton Oilers (26-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2020-yil.
  10. „RELEASE: Oilers sign Koekkoek to two-year extension“. NHL.com (12-avgust 2021-yil). Qaraldi: 1-fevral 2022-yil.
  11. Lawless, Gary. „Team Ontario downs U.S. to win under-17 gold“. Winnipeg Free Press (9-avgust 2011-yil). Qaraldi: 21-mart 2013-yil.
  12. „OHL announces 2013-14 All-Star Teams“. Ontario Hockey League (1-aprel 2014-yil). Qaraldi: 5-aprel 2014-yil.