Skottlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Skottlar, skotlar (soʻnggi lot. Scotti, Scoti) — kelt qabilalari guruhi. Ilk bor Rim muarrixlari asarlarida, S. va pikt qabilalari Rimning Britaniya provinsiyasiga chopqunlari munosabati bilan tilga olingan. Dastlab Irlandiyada yashaganlar (shundan Irlandiyaning Rim manbalaridagi nomi — Skottiya olingan), keyinchalik (mil. 1ming yillik oʻrtalarida) S.ning bir qismi Britaniyaning shim.ga koʻchib oʻtishgan va u yerda piktlarni tobe etib, 9-asr oʻrtalarida Shotlandiya (Scotland, aynan — S. mamlakati) deb nomlangan qirollik barpo etganlar.