Skoliyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Skoliyalar, qovoqarilar (Scoliidae) — pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Eng yirik (ulkan qovoqarining uz. 45 mm gacha) va kuchli pardaqanotlilar. 450 ga yaqin turi maʼlum. Koʻpchilik turlari tropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻrta Osiyo hududida 20 ga yaqin turi uchraydi. Urgʻochisi tuproq, goʻng yoki chiriyotgan daraxt poʻstlogʻi ostidan plastinka moʻylovli qoʻngʻizlar qurtlarini qidirib topib, ularni nashtari yordamida falajlaydi va qurt tanasiga tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurt qoʻngʻiz qurti gemolimfasi va toʻqimalari bilan oziklanadi. S. zararkunanda qoʻngʻizlar qurtlarini qirib, qishloq xoʻjaligiga foyda keltiradi.