Sklerodermiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sklerodermiya (sklero ... va derma) — terining qotib qolishidan iborat kasallik. Kollagen kasalliklar guruhiga xos. S.ning cheklangan (oʻchokli), diffuz (tarqalgan), sistemali turlari bor. Oʻchoqli S. pilakcha shaklida, yoʻl-yoʻl va yuzaki boʻlishi mumkin. Pilakcha shaklli S.da terining turli joyida qizgʻish, dumaloq yoki uzunchoq dogʻlar yuzaga keladi. Keyinchalik ular qotib, teri sargʻimtir tusga kiradi va undagi tuklar toʻkilib ketadi. Bu davrda bemor hech qanday ogʻriq sezmaydi. Bir necha oy yoki yildan soʻng terining qotgan joyi atrofiyalanadi. Yoʻl-yoʻl S.da yuz va qoʻloyoq terisi zararlanadi. Koʻproq bolalarda uchraydi. Yuzaki S. ayollarda koʻp kuzatiladi, bunda koʻkrak, orqa va jinsiy aʼzolar terisida mayda, qattiq, koʻkishoq dogʻlar paydo boʻlib, keyin teri yuzaki atrofiyaga uchraydi. Tarqalgan S.da yuz, qoʻloyoq, tana va boshqa terisi shishib, qattiqlashadi, atrofiyalanadi. Bemorning yuzi mumdek qotib turadi, barmoklari qarakatlanmaydi, Sistem al i S. (sistemali avj oluvchi skleroz)da organizmning barcha biriktiruvchi toʻqimalari va mayda tomirlarda sklerotik oʻzgarishlar yuz beradi. S.ga teztez sovqotish, jismoniy, ruhiy shikastlanish va boshqa sabab boʻladi. Organizm biriktiruvchi toʻqimalari mikrotsirkulyasiyasi va funksiyasiningoʻzgarishi kasallikning avj olishiga imkon beradi. Kasallik sekinasta, qoʻloyoq tomirlarining spazmi (tortishishi), umumiy harakatning cheklanishi, boʻgʻimlarning ogʻrishi va terining zararlanishi bilan boshlanadi. Kasallik oraliq toʻqima va ichki aʼzolar tomirlariga oʻtganda, oʻpka, yurak va h.k. faoliyati buziladi.

Davos i. Kortikosteroidlar, tomir kengaytiruvchi moddalar, fizioterapiya, shuningdek, sanatoriylarda davolanish buyuriladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Arifov S, Eshboyev E., Teri va tanosil kasalliklari, T., 1996.
  • Yoqubova M.A., Muhammadjonova L.A. “KOLLAGENOZLAR” (Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari davolash, tibbiy pedagogika, pediatriya va stomatologiya fakultetlari 4-kurs talabalari uchun o‘quv qo‘llanma) Andijon – 2018, 102 b.