Sklerenxima

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sklerenxima (yun. scleros — qattiq, mustahkam va echyma — toʻldirilgan, quyilgan; bu yerda — toʻqima) — oʻsimliklarning mexanik toʻqimasi. Qalin qobikli yogʻochlangan 2 tipdagi hujayralar: tolalar va sklereidlardan tuzilgan. Tolalar juda choʻziq, uz. bir necha oʻn mm dan 1 sm (qichitqioʻt), hatto 4 sm (rami)gacha boʻladi. S.ning yogʻochlanmay sellyulozaligicha qolgan tolasi toʻqimachilik sanoati uchun qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. S. tolasi mustahkam va juda tarang . S. mustahkamlik jixatdan poʻlatdan, qayishqoqlik jihatdan kauchukdan qolishmaydi. Deyarli hamma quruqlik oʻsimliklarining , asosan, yogʻochi va lubida boʻladi.