Skerso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Skerso (ital. scherzo — hazil) —dastlab (16— 17-asrlarda) hazil matnlarga yozilgan vokal hamda oʻynoqi harakterli cholgʻu pyesalar nomi (mas, K. Monteverdening "Scherzi tnusicale", 1607). Keyinchalik cholgʻu syuita (I. S. Bax klavir partitalari) hamda sonatasimfonik turkumi (Y. Gaydn, L. Betxoven asarlari)ning tarkibiy qismi. S.ga 3 hissali oʻlchov, jadal surʼat, karamaqarshi (koʻpincha, oʻynoqi, hajviy yoki hazil) obrazlarning keskin almashinuvi xos. 19—20-asrlarda S mustaqil asar sifatida (F. Shopen, R. Shuman, I. Brams, P. Chaykovskiylarning fortepiano S. lari, P. Dyukaning "Sexrgar shogirdi", I. Stravinskiyning "Fantastik S."si kabi orkestr S.lari) ham keng rivoj topdi. A. Brukner, G. Maler, D. Shostakovich simfoniyalari dramaturgiyasida S. qismlari alohida ahamiyatga ega.

Oʻzbekiston kompozitorlari ijodida S ning barcha turlari uchraydi. Ik. Akbarov, G. Mushel, M. Tojiyev, N. Gʻiyosov va boshqa simfoniya, konsert, sonata kabi turkumli asarlarida, A. Kozlovskiy, F. Nazarov, B. Giyenko va boshqa ayrim sozlar uchun moʻljallangan S.lar yaratganlar.