Skatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Skatlar (Batomorpha yaʼni Batoidei) — togʻayli baliqlar sinfiga mansub baliqlar katta turkumi (baʼzan turkum). Tanasi yassi, keng disksimon yoki rombsimon, uzunligi bir necha sm dan 6—7 m gacha, vazni 2,5 t gacha. Terisi yalangʻoch yoki pixlar bilan qoplangan. Jabra yorikdari 5 ta, qorin tomonida joylashgan. Koʻkrak suzgichlari qirrasi, boshi va tanasi yoniga tutashgan. Orqa suzgichlari dumi ustida yoki boʻlmaydi. Anal va kupincha dum suzgichlari yuq; kukrak suzgichlari juda kengaygan. Tishlari uzaro tigiz joylashib, kuchli qirgʻichni hosil qiladi. 5 turkum, 14 oila va 350 turni uzi ichiga oladi. Suv tubida, ayrimlari (mantolar va qrziqdumlilar) suv qaʼrida yashaydi. Asosan, dengizlar va okeanlarda 2700 m chuqurlikkacha yashaydi. Ayrim turlari tropik mintaqalardagi daryolar (Amazonka daryosi havzasi)da uchraydi. S. suv tubidagi organizmlar bilan oziklanadi; bir qancha turlari yirtqich. Tirik tugʻadi yoki tuxumdan tirik tugʻadi; faqat rombsimon skat mugus kapsulaga uralgan yirik tuxumlarini suv tubiga qoʻyadi. Har bir urgʻochisi organizmida 1 ta dan bir necha 10 tagacha embrion rivojlanadi. Elektr skatning tanasi ikki yonida elektr organlari joylashgan. Qoziqsumning dumidagi oʻtkir pixida zahar bezi boʻladi. Bir qancha turlari Qora va Azov dengizida ham uchraydi. Ovlanadi. Ayrim turlari odam uchun xavfli.

Manbalar[tahrir]