Siydik-tanosil sistemasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Siydik-tanosil sistemasi — rivojlanishi, joylashishi va funksiyasi jihatidan birbiri bilan bogʻliq boʻlgan siydik hosil qilish, siydik chiqarish va jinsiy aʼzolar majmui. Erkaklarda siydik yoʻli va jinsiy yoʻllar siydik chiqarish kanaliga tutashadi, ayollarda esa umumiy boʻshliqqa — qin dahliziga ochiladi. Hozirgi zamon anatomiyasida Siydik-tanosil sistemasis. 2 ta aʼzolar sistemasiga ajratiladi, bulardan biri — siydik ajratish sistemasi — siydik hosil boʻlishini va uning organizmdan tashqariga chiqarilishini taʼminlaydi. Ikkinchi sistema tashqi va ichki jinsiy aʼzolaraan iborat boʻlib, koʻpayish funksiyasini oʻtaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil