Sixlasomalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sixlasomalar (Cichlasoma) - olabugʻa baliqlar turkumi urugʻi. Uzunligi 10—30 sm. Tanasi baland, ikki yondan siqiq. Erkaklarida orqa va anal suzgichlari keyingi cheti uzun va oʻtkir. Rangi har xil, koʻpincha dogʻlari yoʻl-yoʻl tusda boʻladi. 20 ga yaqin turi bor. Shimoliy Amerikaning jan. qismi, Janubiy Amerika va Karib dengizi o.laridagi chuchuk suv havzalarida tarqalgan. Suv tubidagi suvoʻtlar orasida yashaydi. Uvildiriq tashlashdan oldin juft hosil qiladi. Urgʻochisi bir necha yuztadan 2 mingtagacha uviddiriq tashlaydi. Tuxumlari va yosh baliqchalarni qoʻriqlaydi. Bir qancha turlari akvariumlarda boqiladi.