Sitora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sitora (fors. — yulduz) — zargarlik buyumi; diametri 2,5—5 sm boʻlgan aylana shaklidagi kumush nishon, toʻgʻnogʻich hamda ayollar koʻkrak bezagi — tumor. Bosma usulida quyosh, yulduz, 4 yaprokli gul va boshqalar bilan bezatilgan. Ayollar koʻylagi old oʻyigʻiga (eni keng qora jiyakka 2—4—6 va undan ortiq qatorli qilib) boʻyindan etakkacha uzunlikda taqilgan yoki koʻylakning beligacha tikib mustahkamlangan, qolgan qismi erkin osilib turgan. Erkaklar choponining oldi, yeng uchlari, etak va qoʻltiq ostiga (kam hollarda orqa yelka qismiga) S. qatori tikilgan. S. kiyimga tikilganda hamda atrofi naqshli kashta bilan hoshiya oʻrab bezatilganda, u yanada hajmdor koʻrinadi. S. himoyalovchi tumor sifatida qadimdan maʼlum boʻlgan: terrakota haykallari, maʼbuda va jangchilar kiyimlarida, Varaxsha devoriy rasmlarida uchraydi. Buxoro amiri Said Muzaffar Baxrdirxon kiyimlari qimmatbaho toshlar qadalgan S. bilan bezatilgan.