Sirkan ritmlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sirkan ritmlar (lot. circa -yaqin, yonida, annus — yil), yillikka oʻxshash ritmlar, sirkannulal ritm — biologik jarayonlar va hodisalarning taxminan 10 oydan 13 oygacha muddat ichida takrorlanib turishi. Faqat doimiy lab. sharoitida koʻzga tashlanadi. Sirkan ritmlarning tashqi muhit davriyligidan farq qilishi ularning endogen yoʻl bilan kelib chiqqanligini koʻrsatadi.