Atsetanilid
Qiyofa
(Sirka kislota anilididan yoʻnaltirildi)
Atsetanilid — Antifebrin, Sirka kislota anilidi, C6H5NHCOCH3 — rangsiz kristall. Mol. m. 135,16. Zichligi 1026 kg/m3. Suyuqlanish temperaturasi 114,2 ye, qaynash temperaturasi 303,8 ye. Qaynoq suvda yaxshi erib, sovuq suvda erimaydi, organik erituvchilarning koʻpchiligida eriydi. Anilinga sirka kislota, sirka angidrid yoki xlor-angidrid taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Boʻyoq ishlab chiqarishda oraliq moddalarni sintez qilishda hamda tibbiyotda isitmani tushiruvchi va ogʻriq qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil